1

Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri O`zbekistonda

Siyosat 20.09.2018, 20:03
Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri O`zbekistonda

Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar Davlat vaziri Nils Annen bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvda ikki davlat hukumatlari, idoralari, parlamentlari o`rtasidagi bo`lajak aloqalar, boshqa qo`shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Shu o`rinda ta`kidlanganidek, Toshkent shahrida 19 sentyabr kuni bo`lib o`tgan “O`zbekistonning mintaqaviy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta`minlashda Germaniya o`rni” mavzusidagi davra suhbatida Tashqi ishlar Davlat vaziri boshchiligidagi Germaniya nufuzli delegasiyasining ishtirok etishi ko`p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan ikki davlat ham manfaatdorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuningdek, muzokaralarda joriy yilning noyabr oyiga belgilangan O`zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy maslahatlashuvlarga tayyorgarlik jarayoni ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1