1

Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi o`zbek tilida nashr etildi

Madaniyat 21.09.2018, 20:57
Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi o`zbek tilida nashr etildi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berishicha, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Hind xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan davlat va jamoat arbobi Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi nashr etildi.

Ushbu kitob jahonning ko`plab tillariga tarjima qilingan. “Mening hayotim” tarjimai hol kitobi. Ammo u muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimai hol bahonasida Gandi o`zining butun dunyoqarashini, hayotda ko`zlagan maqsadlarini oshkora va xolisona ifodalab beradi. M. Gandi o`zining kechinmalariga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, balki butun dunyo xalqlari uchun namuna bo`lib qoldi.

Nashriyot-matbaa ijodiy uyida hind adabiyotining asoschilaridan Robindranat Tagorning 8 jildlik asarlari ham nashrga tayyorlanmoqda. Bu majmua oxirgi marta 1953 yilda o`zbek tilida chop etilgan bo`lgan.

Hindiston davlat madhiyasining muallifi R. Tagor asarlari jahonning ko`plab tillarida tarjima qilingan. Uning asarlari hind adabiyotining yuksak cho`qqisi hisoblanadi. Adibning nazm va nasrda yaratgan obrazlari o`zining yuksak pafosi insoniylikni yorqin bo`yoqlarida tarannum etishi bilan o`quvchilar qalbini zabt etgan. Nashrga tayyorlanayotgan ushbu kitoblar ham o`zbek kitobxonlarga manzur bo`lishi tabiiy.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1