1

Osiyo o`yinlari g`olib va sovrindorlari taqdirlandi

Sport 13.10.2014, 10:01
Osiyo o`yinlari g`olib va sovrindorlari taqdirlandi

2014 yilning 19 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilgan XVII Osiyo o`yinlarida sportchilarimiz 9 oltin, 14 kumush va 21 bronza medalni, jamoaviy bahslar hisobga olinganda jami 12 oltin, 14 kumush va 35 bronza medalni qo`lga kiritib, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yanada yuksaltirishga, xalqimizning qudrati va salohiyatini namoyon etishga munosib hissa qo`shdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 8 oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq Osiyo o`yinlarining g`olib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida XVII Osiyo o`yinlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan marosimda mukofotlar o`z egalariga topshirildi.

uza.uz
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1