1

«Qo`yliq ota»ga xorijlik ziyoratchilarni olib borib bo`lmaydi

Madaniyat 26.09.2018, 16:45
«Qo`yliq ota»ga xorijlik ziyoratchilarni olib borib bo`lmaydi

«Milliy tiklanish« demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi poytaxtdagi moddiy-madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish holatini o`rganmoqda. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Tumanlar kesimida olingan ma`lumotlarga ko`ra, Bektemir tumanida birgina «Qo`yliq ota» moddiy- madaniy merosi mavjud.

Qo`yliq otaning asl ismi Hofiz shayx Qo`yliqiy bo`lib, samarqandlik hazrati No`g`ay ota avlodidan, ya`ni shayxlar sulolasidan.

O`tgan asrning elliginchi yillarida Qo`yliq ota maqbarasi buzilib ketish, ya`ni suv ostida qolish xavfi tug`iladi. Shuningdek, daryo ustiga yangi ko`prik qurilib, Farg`ona yo`lini ta`mirlash zarurati paydo bo`ladi. O`shandan so`ng Qo`yliq ota xoki boshqa joyga, ya`ni hozirgi o`rniga ko`chiriladi. Mustaqillikdan so`ng, 1994 yilda maxsus loyiha asosida maqbara quriladi.

«Qo`yliq ota»ni o`rganishlar jarayonida maqbaraning egalik huquqi, texnik holati, muhandislik kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlanganlik darajasi, foydalanish holatlari talab darajasida ekani aniqlandi. Ammo maqbara ichkarisi ta`mirga muhtoj. Havo almashinuvi yaxshi bo`lmagani bois, gumbazning ko`chgan joylari maqbaraga kirishingiz bilan ko`zga tashlanadi.

— Maqbaraning ichki hududini obodonlashtirish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, biroq bozor, savdo va ovqatlanish shoxobchalari tarixiy ob`ektga juda yaqin bo`lgani uchun sanitariya holati talab darajasida emas, – deydi Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati Xurshid Rahimgaziev. — Maishiy chiqindilar to`g`ri kelgan erga tashlab ketaverilgan, engil mashinalarni saqlash uchun esa turargohning o`zi yo`q. Albatta, mahalliy ziyoratchilar bunday kamchiliklarni ko`rsa-da, ko`rmaganlikka olib ketaveradi. Ammo xorijlik ziyoratchilarni bu ahvolda maqbaraga olib kelib bo`lmaydi. Avvalo, atrofni bugungi kun talab darajasida tartibga keltirishimiz va maqbarani sayyohlik xaritasiga kiritishimiz lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1