AsosiyHi-tech

Xitoyda RoboCup 2014 ko`rgazmasi bo`lib o`tdi

Koptok tepish, himoya qilish, hujum qilish va boshqa inson amalga oshirishi mumkin bo`lgan futbolga oid harakatlar Xitoyda bo`lib o`tgan RoboCup 2014 ko`rgazmasida namoyish etildi.

Robotlar koptokni sariq nur yordamida ajratib olish imkoniyatiga ega maxsus kameralar bilan jihozlangan.

Futbol matchi davomida ular turli driblinglarni ham ko`rsatishdi. Bundan tashqari boks, suv futboli va boshqa sport turlari bo`yicha o`z mahoratlarini namoyish qilishdi.

RoboCup China Open 2014 ko`rgazmasi hamda robotlar o`rtasidagi musobaqa o`tgan haftada Xitoyning Anxuy provinsiyasida boshlangan edi.

Uch kun davom etgan tadbir Xitoy va boshqa davlatlarning 186 ta universitet, kollejlaridan 3 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

    Boshqa yangiliklar