27-29 sentyabr kunlari Samarqandda bir tonnalik osh tayyorlanadi

Madaniyat 26.09.2018, 17:00
27-29 sentyabr kunlari Samarqandda bir tonnalik osh tayyorlanadi

Viloyat hokimi o`rinbosari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilanishicha, 27 sentyabr kuni Samarqand shahridagi barcha madaniy meros ob`ektlariga kirish bepul amalga oshiriladi.

Ruhobod majmuasidagi Hunarmandlar markazida konsert dasturi namoyish etiladi. Shuningdek, shahardagi Islom Karimov ko`chasi, Registon maydoni atrofida va boshqa turistik maskanlarda Samarqand sayyohlik salohiyati bo`yicha taqdimotlar, milliy hunarmandlik mahsulotlari ko`rgazma-savdolari tashkil etiladi.

Shu kuni oqshom Registon maydonida mahalliy aholi va sayyohlar uchun 3D mepping shousi namoyish etiladi.

28 sentyabr kuni Islom Karimov ko`chasida tadbirlar davom etadi va kechga yaqin “Bibixonim” choyxonasida “Mega palov” tadbiriga hozirlik boshlanadi. “Mo``tabar zardo`z” xususiy korxonasi tashabbusi bilan bu erda 1 tonnalik palov tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun Farg`onadan 2 tonnalik ulkan qozon Samarqandga keltirildi. Oshni samarqandlik oshpazlar tayyorlashi ko`zda tutilgan.

29 sentyabr kuni bir tonnalik osh tayyorlash jarayonini xorijlik sayyohlar bevosita kuzatib borishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1