AsosiySport

O`zbekiston karate Milliy federasiyasiga yangi rahbar saylandi

'O`zbekiston karate Milliy federasiyasiga yangi rahbar saylandi'ning rasmi

26 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Universal» sport saroyining majlislar zalida O`zbekiston karate Milliy federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federasiya Ijroiya qo`mitasi a`zolari, viloyat federasiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a`zolari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston karate Milliy federasiyasi matbuot xizmati.

Kun tartibidan viloyat federasiya rahbarlari, O`KMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni ko`rib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari o`rin olgan.

Shundan so`ng O`zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi lavozimiga Alamjon To`xtasinovich Mullaev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari ko`rsatilgan nomzodni qo`llab-quvvatlashdi va Alamjon Mullaev tashkilotning yangi rahbariga aylandi.

    Boshqa yangiliklar