1

Endilikda banklar ham mikroqarz beradi

Iqtisodiyot 04.10.2018, 13:40
Endilikda banklar ham mikroqarz beradi

O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, banklar endilikda mikroqarz berish bank operasiyasini amalga oshiradigan bo`ldi.

Endilikda lisenziya talab etadigan faoliyat turlari uchun lisenziyaning amal qilishi muddati cheklanmagan holda beriladi. Qonunchilikda lisenziyaning muddati cheklanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kambo`lmasligi lozim.

Shuningdek, kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat ko`rsatish, audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish uchun lisenziya olish talab etilmaydi.

Mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish shartnomalari bo`yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko`pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo`llash taqiqlanadi.

Endilikda bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ustav fondida davlat ulushi bo`lgan korxonalar tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqish uchun tovarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini vakolatli organ bilan kelishish, O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar etkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasini olish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1