1

Misha Ge xalqaro musobaqada 4-o`rinni egalladi

Sport 14.10.2014, 15:05
Misha Ge xalqaro musobaqada 4-o`rinni egalladi

Joriy yilning 9-12 oktyabr kunlari Finlandiyaning Espoo shahrida figurali uchish bo`yicha Finlandia Trophy-2014 musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqa erkaklar va ayollar o`rtasida yakkalik uchish va muzda raqs, shuningdek jamoalar o`rtasida sinxron figurali uchish ko`rinishida bo`lib o`tdi.

Erkaklar o`rtasida yakkalik bahslarida o`zbekistonlik Mishe Ge qatnashdi. Umumiy hisobda u 203.51 ball to`lab, 4-o`rinni egalladi.

Misha Ge 2011 yildan buyon xalqaro musobaqalarda O`zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda. 2013 yilgi jahon chempionatida 16-o`rinni egallagan bo`lsa, 2014 yilgi Olimpiya o`yinlarida 17-o`ringa munosib ko`rilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1