AQShda tibbiyot niqobini taqib olgan bemor qidirilmoqda. itar-tass.com nashri bu haqda xabar beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Los-Anjelesda ikki noma`lum shaxslar yo`lovchi avtobusiga o`tirgan va transport vositasi harakatlayotgan vaqtda ularning biri bor ovozi balan o`zining Ebola bilan kasallanganini aytib baqirgan.
Transport vositasi vaqtinchalik yo`nalishdan olib tashlangan, hozirda karantinda. Tahminlarga ko`ra, ushbu holat terroristik guruhlar tomonidan uyushtirilgan bo`lishi ham mumkin. Chunki bu odamlar tomonidan yolg`ondan o`zini Ebola bilan kasallangani aytilgan birinchi holat emas.





