1

​Qo`ldagi pigment dog`lar va ularga qarshi 10 chora

SUG'DIYONA 09.10.2018, 10:52
​Qo`ldagi pigment dog`lar va ularga qarshi 10 chora

Yoshga doir o`zgarishlardan biri – bu qo`l terisidagi dog`lar. Ular sarg`ish, och yoki to`q jigarrang, ba`zida esa kulrang tusda bo`ladi. Dog`larning paydo bo`lishi bir qancha omillarga bog`liq, ular: quyosh nuri ta`siri, jigardagi toksinlar, noto`g`ri ovqatlanish va erkin radikallar shakllanishiga olib keluvchi holatlardir.

Qo`l terisidagi dog`larga qarshi qimmat kremlardan foydalanish mumkin, albatta. Biroq bundan avval uy sharoitida qo`llash mumkin bo`lgan usullarni sinab ko`rgan ma`qul. Tabiiy vositalardan tayyorlanadigan reseptlar ham xuddi oqartiruvchi kremlar kabi yaxshi natija beradi.

Limon sharbati

Bu sitrus mevada antioksidantlar ko`p va ayni xususiyati bilan u terini oqartiruvchi kremlar tarkibidan joy olgan. Uy sharoitida bitta limon suvini siqib, dog` paydo bo`lgan teri yuzasiga surtish kifoya. Muolaja bir kunda 2 mahal bajariladi. Davomiyligi 6 hafta.

Piyoz va olma sirkasi

Bitta piyoz sharbati ozroq olma sirkasi bilan aralashtiriladi. Tayyor aralashma paxta bilan dog`lar ustiga surtib chiqiladi. Natija 6 oyda bilinadi.

Kanakunjut moyi

Agar dog`lar dag`al bo`lsa, ma`lum vaqt davomida kanakunjut moyidan foydalanish tavsiya etiladi. Muntazam qo`llanganida kanakunjut teri yuzasini silliqlaydi.

Aloe

Bu o`simlik dermotologiyada keng qo`llanadi. Aloe suvi dog`lar ustiga surtilsa, ular tezda yo`q bo`ladi. Shuningdek, aloe teri epidermis qavatidagi nobud bo`lgan to`qimalarning oson ajralishini ham ta`minlaydi.

Erqalampir (xren)

Ozroq erqalampirni sut bilan aralashtirib, yarim soat tindirish kerak. So`ng teridagi dog` ustiga surtish mumkin bo`ladi. Erqalampir antioksidant va uchuvchi birikmalardan tashkil topgan bo`lib, yoshga doir o`zgarish tufayli kelib chiqqan dog`larni ketkazishga yordam beradi.

Zaytun moyi va sirka

1 osh qoshiq zaytun moyiga yarim osh qoshiq olma sirkasini qo`shib, dog` yuzasiga surting. 30 daqiqadan keyin, qo`llarni iliq suvda chayib olish kerak.

Papayya

Parraklangan xom papaya mevasi dog` ustiga qo`yiladi va bir necha daqiqa o`tib, yuvib tashlanadi. Agar muolaja har kun qilinsa, natija maksimal darajada namoyon bo`ladi.

Qaymoq va pomidor sharbati

Teng miqdorda bu ikki mahsulotni aralashtirib, teriga chuqur singiydigan surtma sifatida qo`llash foyda beradi.

Tarvuz

U antioksidant birikmalar va S vitaminiga boy bo`lib, pigment dog`larni ochartirishga ko`mak beradi. Buning uchun tarvuz po`stlog`ini dog` ustiga surtib qo`yish kifoya.

Zira

Bir siqim zira suvda qaynatilib, sovutilgach, yuz-qo`llar chayilsa dog`lar asta-sekin yo`qoladi. Zirali suv bilan qo`l chayilgach, yarim soat suv tegmasligi kerak. So`ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Muolaja kunora bajarilsa, natijasi seziladi.

Qirg`ichdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz, piyoz va bodringni teriga surtib turish ham yoshga doir dog`larni ketkazishda qo`l keladi.

Yodda tuting, dog`larni ketkazish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Muolajalarni kanda qilmasangizgina kutilgan natijaga erisha olasiz.

Shirin Siddiqxo`jaeva tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1