Dunyodagi eng yirik restoranlar tarmog`i egasi bo`lgan Amerikaning McDonald’s korporasiyasi ilk bora suratga olish guruhiga o`z oziq-ovqat korxonalaridan biriga mahsulotlar nimadan tayyorlanishini ko`rish maqsadida tashrif buyurishga ruxsat berdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
AQShning ABC telekanali jurnalistlari McDonald’s’ning Kaliforniya shtatidagi go`shni qayta ishlash korxonalaridan biriga tashrif buyurib, buterbrodlar uchun kotletlar ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi. Korporasiyaning tan olishicha, go`shti kotletlar uchun ishlatiladigan sigirlarga gormonlar beriladi. McDonald’s buning «etilishni tezlashtirish uchun AQSh fermerlari tomonidan qo`llaniladigan standart tadbir» ekanini ta`kidladi.
Kompaniya vakillarining aniqlik kiritishicha, ular jurnalistlarni «mijozlar McDonald’s mahsulotlari haqida aniq ma`lumotga ega bo`lishiga ishonch hosil qilish» maqsadida taklif etishga qaror qilgan.
AQShda 14 mingga yaqin McDonald’s restoranlari mavjud. Kompaniyani ko`p marotaba sifatsiz masalliqlar, shuningdek sog`liq uchun zararli oziq-ovqat qo`shimchalaridan foydalanganlikda ayblashgan.