AsosiyDunyo

Dekabrga kelib, G`arbiy Afrikada haftasiga 10 ming kishi Ebola bilan kasallanishi mumkin

Dunyo hamjamiyati Ebola bilan kurashda hozircha yutqazmoqda: barchasi shu holatda qoladigan bo`lsa, dekabrga kelib, G`arbiy Afrikada yuqish tezligi haftasiga o`n ming kishiga etadi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

BMTning Ebola bilan kurash bo`yica tezkor missiyasi rahbari Entoni Benberi BMT Xavfsizlik Kengashini bo`layotgan voqealarga global darajada aralashishga chaqirmoqda.

«Virus hali tarqalmagan mamlakatlarni himoya qilishning yagona, yagona to`g`ri yo`li — Liberiya, Gvineya va Serra-Leonega yordam berib, Ebola o`sha erda to`xtatib qolish», — dedi u.

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti xodimlari fikricha, birinchi navbatda shifoxona koykalari sonini ko`paytirib, kasallik qurbonlarining jasadlarini terib olishni tezlashtirish zarur.

    Boshqa yangiliklar