1

Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatida paxta terimini ko`zdan kechirdi

Siyosat 12.10.2018, 21:13
Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatida paxta terimini ko`zdan kechirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Bo`ka tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.

«Valixon ota» fermer xo`jaligi dalasida bo`lib, paxta terimini ko`zdan kechirdi.

Joriy yil iyul oyida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishlarida davlat rahbari g`o`za rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qo`shish bo`yicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Bo`ka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta etishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.

Prezident shu erda viloyat fermerlari va qishloq xo`jaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar ko`p bo`ldi. Paxta rivoji kechikdi.

Shavkat Mirziyoev hamma sohalar qatori qishloq xo`jaligida ham asosiy maqsad xalq manfaati ekanini, qaysi mahsulot ko`proq daromad keltirsa, o`sha ekilishini ta`kidladi.

— Manfaatdorlik bo`lishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda ko`rish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi bo`lishi uchun har bir odam o`zi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi — intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi, — dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu yil paxta hosilini yig`ib-terishda narx ikki barobar oshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida bir kilogramm paxta terish uchun ming so`mdan ziyod pul to`lanmoqda.

Muloqotda fermerlarga o`z mehnati samarasini ko`rish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yog`inli kunlarga qoldirmay yig`ib olish zarurligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1