Xitoy janubi-ga`rbidagi qishloqlardan birida sodir bo`lgan to`qnashuv natijasida kamida sakkiz kishi halok bo`lgan, 18 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Sinxua agentligining xabar berishicha, janjal Yunnan provinsiyasidagi Fuyu qishlog`i aholisi va logistika markazi quruvchilari o`rtasida kelib chiqqan. Halok bo`lganlarning 6 nafari quruvchi, 2 nafari mahalliy aholi vakillari bo`lgan.
Jarohatlanganlardan birining ahvoli og`irligi aytilmoqda. Ayni paytda hodisa sababalarini o`rganayotgan polisiya janjal keltirib chiqarganlarni og`ir jazo kutayotganini ma`lum qilgan.