Fransiyadagi kinoteatr egalari Amerikaning “Annabelle” ("Annabel la`nati") filmini ommaviy ravishda namoyishdan olib tashlashmoqda.
Gap shundaki, namoyish vaqtida tomoshabinlar o`zlarini boshqacha tutishmoqda. Ular o`rindiqlarga sakrab chiqib olishmoqda, janjallar uyushtirishmoqda, deya xabar beradi Radio France internationale.
Ayni paytda ushbu qo`rqinchli film Parij, Marsel, Strasburg va Monpellarda bekor qilindi. Kinoteatrlar xodimlar namoyish paytida o`zlarini yo`qotib qo`yishayotganligidan nolishmoqda.





