Disney kompaniyasi Mikki Maus, Donald Dak, Guf va boshqa mashhur multfilm personajlari tushirilgan tilla va kumush tanglarini chiqardi.
Noodatiy tangalar xuddi o`yinchoqqa o`xshaydi, biroq ular bilan to`lovlarni amalga oshirish mumkin. Albatta, buning uchun Tinch okeanidagi Niue oroliga kelish talab etiladi, deya xabar beradi Metro.
Multqahramonlar tanganing bir tomonida, ikkinchi tomonida esa Angliya qirolichasi Elizaveta IIning surati aks ettirilgan.
Eng qimmat tanganing narxi 625 dollarni tashkil etadi. Yangi Zelandiya zarbxonasi rahbari Saymon Xarding ushbu pullarni do`konlarda sarflashni tavsiya qilmaydi.