Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa rahbarlik qiluvchi Facebook Inc. kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg va uning turmush o`rtog`i Prissilla Ebolaga qarshi kurash olib borayotgan CDC Foundationga 25 million dollar o`tkazib berdi. Bu haqida biznesmen o`zining feysbukdagi sahifasida e`lon qildi.
Ayni paytda Ebola virusiga chalinganlar soni 8400 nafarga etdi. Juda ham tez tarqalmoqda. Agar buning oldi olinmasa, taxminlarga ko`ra yaqin oylarda bu son bir millionga chiqishi mumkin.
Eboladan halok bo`lganlar soni 4000dan ortiqni tashkil etadi.