1

Maksim Oreshkin: Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi istiqbollar ochilmoqda

Siyosat 15.10.2018, 15:31
Maksim Oreshkin: Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi istiqbollar ochilmoqda

Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi o`rinbosari, Rossiya Federasiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvdan so`ng mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik istiqbollari xususida O`zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

– Keyingi hafta Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin O`zbekistonga tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan bugun Prezident Shavkat Mirziyoev bilan mazkur tashrifga ko`rilayotgan tayyorgarlik, rejalashtirilayotgan loyihalar va imzolanadigan hujjatlar, O`zbekiston-Rossiya hamkorligining yangi istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.

Ta`kidlash joizki, mamlakatlarimizning iqtisodiy munosabatlari barqaror rivojlanib bormoqda. Tovar ayirboshlash hajmi, savdo xizmatlari, pul o`tkazish, Rossiyadan O`zbekistonga yo`naltirilayotgan investisiyalar oqimi izchil oshmoqda. Ya`ni, barcha yo`nalishlarda ijobiy o`sishga erishilmoqda. Tomonlarda qishloq xo`jaligi, to`qimachilik sanoati, mashinasozlik kabi tarmoqlarda kompleks hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjud. Albatta, eng yirik loyihamiz, bu O`zbekistonda atom elektr stansiyasi barpo etishdir.

Muloqot chog`ida Shavkat Mirziyoevga ushbu yo`nalishlarning har biri bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdik. Kelasi hafta Prezidentlar barcha masalalarni batafsil muhokama qilib, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz uchun manfaatli bo`lgan muhim kelishuvlarga erishadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1