AsosiyDunyo

Yo`qolgan «Boing»ni suv ostidan izlash bo`yicha birinchi urinish samara bermadi

Mart oyida yo`qolib qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli «Boing-777» samolyotini suv ostidan qidirish bo`yicha ilk urinish samarasiz yakunlandi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Avstraliya Transport xavfsizligi byurosining ma`lum qilishicha, Go Phoenix nomli kema samolyotni izlashda davom etmoqda. Sun`iy yo`ldoshdan olingan ma`lumotlarga ko`ra, samolyotni topish imkoniyatining eng katta ehtimoli aynan hozir Go Phoenix ishlayotgan hududga to`g`ri keladi.

Avval xabar berilganidek, yo`qolgan «Boing»ni qidirish ishlari oktyabr oyida Hind okeanida qaytadan yo`lga qo`yildi. Avstraliya qidiruv ishlari uchun o`zining uchta kemasini ajratgan.

Eslatib o`tamiz, Hind okeanining janubiy qismiga qulagani taxmin qilinayotgan samolyotning bortida 227 nafar yo`lovchi va 12 ekipaj a`zolari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar