1

Shavkat Mirziyoev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi

Siyosat 17.10.2018, 09:59
Shavkat Mirziyoev kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, tarmoqni rivojlantirish uchun yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish zarur.

Bugungi kunda O`zbekistonda azotli o`g`itlarga talab 73 foiz, fosforli o`g`itlarga 20 foiz ta`minlanmoqda. Azotli o`g`it ishlab chiqarish quvvatlarining o`rtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli o`g`it bo`yicha 77 foizni tashkil qiladi.

Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo`lgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan bo`lib, buning natijasida mineral o`g`it va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar ko`payadi. Azotli va kaliyli o`g`itlarga talab to`la qoplanadi, fosforli o`g`itlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi.

Ayni paytda tabiiy gazning bor-yo`g`i 14 foizi, jumladan, kimyo tarmog`ida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish e`tibordan chetda qolmoqda.

“O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan noo`g`it mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat”, - deyilgan xabarda.

Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikasiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo`yicha 15 ta va noorganik moddalar bo`yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko`zda tutilmoqda.

Prezidenti mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1