1

«Bunyodkor» – «So`g`diyona» uchrashuvi chiptalari sotuvda

Sport 16.10.2014, 08:45
«Bunyodkor» – «So`g`diyona» uchrashuvi chiptalari sotuvda

Xabaringiz bor, 18 oktyabr kuni mamlakat chempioni “Bunyodkor” Jizzaxning “So`g`diyona” klubini qabul qiladi.

Oliy liga 23-turi doirasidagi ushbu uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 15:00da boshlanadi.

“Bunyodkor” – “So`g`diyona” uchrashuviga kirish huquqini beruvchi chiptalar sotuvi ertaga, 16 oktyabr soat 09:00dan boshlanadi. Chiptalar ikki xil toifada sotuvga chiqariladi: 1-TOIFA: 5.000 so`m, SIP: 20.000 so`m.

Qayd etish joizki, muxlislar stadion kassalariga tashrif buyurgan holda mahsus monitor orqali o`zlari istagan joyga buyurtma beradilar va shu zaxotiyoq sotuvchi tanlangan sektor, qator va joy uchun chiptani chop etib beradi.

Eslatib o`tamiz, oliy liga 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “So`g`diyona” uchrashuvi 18 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida soat 15:00da boshlanadi.

Manba: www.fcbunyodkor.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1