1

Prezident Administrasiyasida bir qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Siyosat 17.10.2018, 15:43
Prezident Administrasiyasida bir qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlariga asosan Adliya vazirligi va organlari xodimlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining mas`ul lavozimlariga tayinlandi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasining boshlig`i Behzod Raxmatilloevich Boliev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi Aholining ijtimoiy qatlamlari bilan ishlash sho``basi mudiri lavozimiga;

Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining bosh maslahatchisi Eldor Alisherovich Xasanbaev esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sho``basi etakchi konsultanti lavozimiga;

Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o`tkazish boshqarmasining bosh maslahatchisi Bobur Boxodirovich Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Davlat hokimiyati respublika organlari bilan ishlash sho``basi etakchi inspektori lavozimlariga tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, 26 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev farmoniga asosan Prezident Administrasiyasi tashkil etilgan edi. 27 avgust kuni esa farmonga asosan Prezident Administrasiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to`g`risida yana bir farmon imzolangandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1