1

Neymar Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Sport 16.10.2014, 09:04
Neymar Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Ginnesning rekordlar kitobidan o`rin oldi, deya xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Braziliyalik futbolchi ham Janubiy Amerika Libertadores Kubogida, ham Evropa Chempionlar Ligasida bitta o`yinda uchta gol urishga muvaffaq bo`lgan ilk futbolchi sifatida e`tirof etildi.
Neymar Braziliyaning «Santos» klubi safida to`p surayotgan vaqtda, 2012 yil 8 mart kuni Libertadores Kubogi doirasidagi «Internasional» darvozasiga uchta gol urgandi (o`yin 3:1 hisobi bilan tugagan).
Evropa futbol klublarining eng nufuzli musobaqasida esa «Barselona»ning 22 yoshli hujumchisi 2013 yil 11 dekabrida Shotlandiyaning «Seltik» jamoasi bilan o`yinda xet-trik qayd etgandi – o`sha o`yinda kataloniyaliklar 6:1 hisobida g`alaba qozonishgan.

Manba: www.kun.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1