1

Vladimir Putin O`zbekistonga yo`l olmoqda

Siyosat 18.10.2018, 16:45
Vladimir Putin O`zbekistonga yo`l olmoqda

Avval xabar berilganidek, bugun, 18 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O`zbekistonga davlat tashrifi boshlanadi.

Tashrifning asosiy qismi ertaga, juma kunga rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Sputnik.

Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadilar. Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg`onistonda tinchlik o`rnatish jarayoniga ko`maklashish masalalari ham o`rin olgan.

Shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bag`ishlangan marosim videokonferensiya tarzida o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1