1

Milliy terma jamoa dekabrda 8ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Sport 16.10.2014, 13:04
Milliy terma jamoa dekabrda 8ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

OK-2015 final bosqichi bahslariga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida BAAning Dubay shahrida ikkita yig`in o`tkazadi.
Rejaga ko`ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyiligidagi milliy terma jamoa BAAdagi dastlabki yig`inini 2-14 dekabr kunlari o`tkazadi. Dubay shahrida tashkil etiladigan ikkinchi yig`in esa 17-28 dekabr kunlariga mo`ljallangan. Yig`in davomida milliy terma jamoa 8ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishni rejalashtirmoqda va ayni damda bir qator futbol assosiyasiyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ta`kidlash joiz, dekabr oyi so`nggida milliy terma jamoa Iroq terma jamoasi bilan ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazish borasida kelishuvga erishdi. Iroqqa qarshi o`yinlar 26 va 28 dekabr kunlari Dubay shahrida o`tkaziladi.

Ayni damda O`zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyida o`tkazadigan 5ta o`rtoqlik uchrashuvi uchun raqiblar nomi aniq. Unga ko`ra, Kuvayt (10 dekabr), Falastin (13 dekabr), Iordaniya (20 dekabr), va Iroq terma jamoalariga (26 va 28 dekabr kunlari) qarshi o`yinlar o`tkazilishi tasdikqlangan.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1