1

Oliy Majlis Senatida Rossiya delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Siyosat 18.10.2018, 20:12
Oliy Majlis Senatida Rossiya delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Agrar-oziq-ovqat siyosati va tabiatdan foydalanish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari S.Lisovskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Muzokarada ikki mamlakat o`rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yurtimizga davlat tashrifi doirasida o`tkazilayotgani ta`kidlandi.

Ushbu tashrif strategik muhim yo`nalishlardagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda, jumladan, parlamentlararo muloqotni faollashtirishda muhim omil bo`lishi qayd etildi.

Ikki mamlakat parlamentlari hamkorligining eng muhim yo`nalishlari muhokama etildi.

Turli sohalardagi hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hujjatlar ratifikasiyasini tezlashtirish ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda parlament faoliyati sohasida tajriba almashish, jumladan, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Rossiya parlamentining tahliliy bo`linmalari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasiga e`tibor qaratildi.

Parlamentlararo aloqalarni tegishli qo`mitalar va do`stlik guruhlari rahbarlari darajasida faollashtirish imkoniyatlari ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1