1

Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi

Siyosat 19.10.2018, 06:46
Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu erda qisqa suhbat o`tkazdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuniga belgilangan.

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmata hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O`zbekiston va Rossiyaning etakchi kompaniyalari hamda sanoat korxonalari o`rtasida yirik investisiya va savdo shartnomalari imzolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1