1

Ikki davlat rahbari ishtirokida OAV vakillari uchun brifing o`tkazildi

Siyosat 19.10.2018, 15:41
Ikki davlat rahbari ishtirokida OAV vakillari uchun brifing o`tkazildi

Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda Prezidentlar tor va keng doiradagi muzokaralar har doimgidek o`zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o`tganini ta`kidladi.

Hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, mamlakatlarimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani tasdiqlandi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilgani qayd etildi.

Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo`naltirgan investisiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida birinchi bor o`tkazilgan “O`zbekiston-Rossiya” hududlararo forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollardan ziyod loyihalar bo`yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

Tomonlar BMT, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida o`zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Prezidentlar xavfsizlik sohasida o`zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan sheriklik munosabatlarini kengaytirish Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish vazifalarini birgalikda hal etishga xizmat qilishini ta`kidladi.

Terrorizm, ekstremizm, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashish bo`yicha sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1