1

​Prezidentlar O`zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berishdi

Siyosat 19.10.2018, 17:06
​Prezidentlar O`zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berishdi

Bugun, 19 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin "O`zekspomarkaz"da o`tkazilayotgan "O`zbekiston-Rossiya" hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etishdi.

Prezidentlar mazkur yirik forum mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik rivojida yangi bosqich bo`lishini ta`kidlashdi.

Tantanali marosim tadqiqot ishlari olib borilayotgan maydonlardan biri va Toshkent o`rtasida o`rnatilgan tele ko`prik orqali bo`lib o`tdi. Tadbir yakunida Prezidentlar O`zbekiston tarixidagi ilk atom elektr stansiyasi qurilishini boshlanishini anglatuvchi ramziy tugmani bosishdi.

Mazkur AES mamlakatimizda elektr energiyasi ta`minotini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1