1

Qoraqalpog`istonda Xalqaro gastronomik festival boshlandi

Madaniyat 19.10.2018, 17:13
Qoraqalpog`istonda Xalqaro gastronomik festival boshlandi

Bugun, 19 oktyabr kuni I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyida festival qatnashchilari ishtirokida «Janubiy Orol atrofi — innovasion rivojlanish hududi» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Ch.Aytmatovning «Sohil bo`yida chopayotgan olapar» qissasi asosida sahnalashtirilgan «Luvr o`rdagi» nomli spektakli namoyish etiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining Mo`ynoq tumanidagi filiali «Ekologiya» muzeyining ochilish marosimi, shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining simfonik orkestri konserti va «Ko`k suv» ko`li bo`yida viloyatlardan va barcha tumanlardan kelgan oshpazlar ishtirokida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» nomli gastronomik xalqaro festivali o`tkaziladi.

Kunning ikkinchi yarmida Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» oldi «Mayok» bo`yida «Orol va Mo`ynoqning qayta tiklanishi» nomli xalqaro ekofestivaliga bag`ishlangan Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Ixtisoslashtirilgan Nukus madaniyat maktabi, Nukus shahri va Mo`ynoq tumani bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchi yoshlarining ekologiya mavzusida rasmlar chizish mashg`ulotlari, «Orol mening taqdirimda» mavzusidagi O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi rassomlari ko`rgazmasi, «Fermer boy, xalq farovon» mavzusida Mo`ynoq, Qo`ng`irot, Qanliko`l, Shumanoy, Xo`jayli tumanlari dehqon fermer xo`jaliklarining «Hosil ko`rgazma»lari, «Jonli tabiat» mavzusidagi gulchambarlar namoyishi, shuningdek ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi va «Hunarmand» uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan ko`rgazmalar namoyishi;

— «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» nomli gastronomik xalqaro festivali va «Orol va Mo`ynoqning qayta tiklanishi» mavzusidagi xalqaro Ekofestivali g`oliblarini taqdirlash marosimi;

— Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» oldi «Mayok» bo`yidagi sahnada xalqaro festival yakuni bilan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston san`at arboblari, taniqli yosh estrada xonandalari ishtirokida gala konsert dasturi;

Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» yonida «Qur» atrofida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq baxshi va jirovlari, folklor jamoalarining xalq dostonlaridan parchalar ijrosi, qiz-yigitlar aytishuvlari bo`lib o`tishi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1