1

Mirziyoev va Putin Qozog`istonda Nazarboev bilan uchrashdi

Siyosat 20.10.2018, 20:02
Mirziyoev va Putin Qozog`istonda Nazarboev bilan uchrashdi

Bugun, 20 oktyabr kuni Qozog`istonning Turkiston viloyatining Sariog`och shahrida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohada o`zaro fikr almashdilar. Shuningdek, uchala davlatning MDH va boshqa tuzilmalardagi hamkorligi muhokama qilingan.

Shuning bilan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekistonga davlat tashrifini yakunladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1