1

Maydonga kirishning ham o`ziga yarasha qoidalari bor

Sport 16.10.2014, 17:09
Maydonga kirishning ham o`ziga yarasha qoidalari bor

18 oktyabr, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida oliy liga 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “So`g`diyona” bahsi bo`lib o`tadi.
“Bunyodkor” stadioni ma`muriyati “Bunyodkor” – “So`g`diyona” uchrashuviga kirish tartibini eslatib o`tadi.
“Bunyodkor” – “So`g`diyona” uchrashuviga kirish huquqini beruvchi chiptalarni “Bunyodkor” stadionining G`ofur G`ulom bog`i qarshisidagi ChIPTAXONAdan xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar maxsus shtrix kodli bo`lib, Siz buyurtma bergan joy asosida shu zahotiyoq chop etib beriladi.
Muxlislar stadion xududiga 3-KIRISh va 4-KIRISh darvozalaridan maxsus turniketlar orqali kirib kelishlari mumkin. O`zPFLning beyjiklarga ega bo`lgan mas`ul shaxslar va “Bunyodkor” FK matbuot xizmatidan akkreditasiyadan o`tgan jurnalistlar esa 5-VIP KIRISh darvozasi orqali stadion xududiga kirishadi. Shuningdek, “Bunyodkor” muxlislar klubi a`zolari ham 5-VIP KIRISh yo`lakchasidan stadionga kiritiladilar.

Manba: www.fcbunyodkor.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1