1

Google kompaniyasining yangi Nexus 6 smartfoni rasman taqdim etildi

Hi-tech 16.10.2014, 17:17
Google kompaniyasining yangi Nexus 6 smartfoni rasman taqdim etildi

Google kompaniyasi 15 oktyabr kuni o`zining yangi Nexus 6 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma`lumotiga asoslanib «Parol» nashri xabar berdi.

Ushbu gadjet Google’ning eng katta displeyli Nexus smartfoni bo`ldi. Unda 6 dyuymli Quad HD displey, 2,7 GGs chastotaga ega to`rt yadroli Snapdragon 805 prosessori, 2 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 32 yoki 64 Gb ichki xotira, 3220 mA·soat quvvatga ega batareya o`rnatilgan.

Yangi Nexus 6 smartfoni Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u Motorola’ning Moto X smartfoni bilan o`xshash.  Nexus 6 smartfoni xuddi Moto X kabi metal ramkaga ega. Shuningdek, unda Motorola logotipi ham mavjud.

Nexus 6 smartfoni 15 oktyabr kuni taqdim etilgan Android 5.0 Lollipop operasion tizimida ishlaydi. Ushbu smartfonni 29 oktyabrdan buyurtma qilish, noyabr oyidan boshlab 649 dollar narxda sotib olish mumkin bo`ladi.

Smartfonda Android’ning yangi versiyasida bo`lgani kabi batareya umrini qayta zaryadlashgacha 90 daqiqaga uzaytirish imkoniyati, Motorola’ning Turbo Chargers — smartfonning 6 soat ishlashiga etadigan quvvatini 15 daqiqada batareyaga to`plash funksiyasi mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1