AsosiySiyosat

Dilorom Toshmuhamedova deputat bo`ldi

'Dilorom Toshmuhamedova deputat bo`ldi'ning rasmi

Dilorom Toshmuhamedova Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga saylandi. Bu haqda O`zbekiston «Adolat» SDP matbuot xizmati xabar bermoqda.

14 oktyabr kuni bo`lib o`tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga bo`shab qolgan o`rinlarga saylovlar bo`lib o`tgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o`tkazuvchi shahar saylov komissiyasining 2018 yil 16 oktyabrdagi №17-sonli Qaroriga asosan, O`zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan ko`rsatilgan nomzod Dilorom Toshmuhamedova Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

Eslatib o`tamiz, Dilorom Toshmuhamedova 2001-2004 yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo`mitasining a`zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yilgacha «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi va partiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari etib tayinlangan. 2008 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri etib saylanib, 2015 yilgacha parlament Quyi palatasiga rahbarlik qilgan.

2017 yildan buyon, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar