Ertaga Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati start oladi.
Musobaqada jahonning etakchi sportchilari qatorida o`zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etadi. Chusovitina ayni paytda musobaqa o`tkaziladigan Doxa shahriga etib borgan va bahslarga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda.
Chempionatda hamyurtimiz qatnashadigan tayanib sakrash bahslari 27-28 oktyabr kunlari o`tkazilsa, final bellashuvlari 2 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Musobaqa 3 noyabrga qadar davom etadi.