AsosiyShou-biznes

“Avgust” filmi aktrisasi vafot etdi

Gollivud aktrisasi Misti Apxemning jasadi Vashington shtati Sietl shahri atrofidan topildi. Reuters xabariga ko`ra, jasad 16 oktyabr kuni o`rmondagi jarlikdan topilgan.

Tanani o`rganish ishlari hali boshlangani yo`q. Polisiyaning ma`lumot berishicha, ayolning tanasi yonidan Apxemga tegishli sumka va hujjatlar topilgan.

Xabarlarga ko`ra, 32-yoshli aktrisa 5 oktyabr kuni yo`qolgan. Bir sutkadan keyin otasi yordam so`rab, polisiyaga murojaat qilgan. U Apxem so`nggi paytlarda juda tushkun kayfiyatda bo`lgan va tinchlantiruvchi dori vositalarini qabul qilmay qo`ygan, deydi BBC News.

Apxem qarindoshlari uning Sietlga kelishiga sabab, insultni boshidan kechirgan otasiga qarash bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar