AsosiyDunyo

Rossiyadan O`zbekistonlik 36 nafar novvoylar chiqarib yuborildi

Rossiyaning Adigeya Respublikasi Taxtamukay tumani migrasiya xizmati va Milliy havfsizlik federal boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi “Noqonuniy-2014” mahsus operasiyasi davomida novvoylik bilan shug`ullanuvchi 36 nafar O`zbekistonlik fuqaro chiqarib yuborildi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi.

Migrasiya qoidalarini buzgan fuqarolari mingrasiya xizmati tomonidan ma`muriy javobgarlikka tortildi va 72 ming rubl miqdorida jarima solindi. Taxtamukay tuman sudi chet ellik fuqarolarni Rossiya Federasiyasi hududidan chiqarib yuborish borasidagi qarorni chiqardi. 

    Boshqa yangiliklar