AsosiyShou-biznes

Soso Pavliashvili 17 yillik muhabbatdan so`ng uylandi

Bu yil 50 yoshni qarshi olgan Rossiyalik qo`shiqchi Soso Pavliashvili 17 yillik muhabbatdan so`ng kecha, 16 oktyabr kuni Irina Patlaxga uylandi. Bu haqda news.rambler.ru nashri xabar beradi. 

Aslida ular buni avvalroq amalga oshirishni istashgandi, biroq gastrol safarlari, ijod yo`l bermasdi. Aytish lozimki, bugungacha Irine Patlax va Sosoning ikki nafar farzandi bor. Ular 9 yoshli Liza va 6 yoshli Sandra.

Ulardan tashqari xonandaning birinchi turmushidan Levan ismli o`g`li ham bor.

 

    Boshqa yangiliklar