1

Qoraqalpog`istonlik yosh dasturchi yangi o`yin yaratdi

Jamiyat 30.10.2018, 17:53
Qoraqalpog`istonlik yosh dasturchi yangi o`yin yaratdi

Qoraqalpog`istonlik yosh dasturchi Damir Asamatdinov “Emoji Math“ nomli mobil qurilmalar uchun o`yin dasturi ishlab chiqdi. 5 yoshdan yuqori yoshdagilar uchun mo`ljallangan o`yin bolalarning aql-idrokini o`stirish, matematika fanini o`rgatishga yo`naltirilgan.

O`yin qo`shish, ayirish, bo`lish, ko`paytirish va aralash amallaridan iborat 5 qismdan tashkil topgan. O`yin quvnoq mevalar bog`ida o`ynaladi. Mevalar tugamaydi, o`yinchi qancha ko`p meva esa shuncha o`yinchining tezligi oshib boradi. Mevalar uchga bo`linib tushadi, shulardan ikkitasi zaharlangan, bittasi toza. Zaharlanmagan mevani topish uchun o`yinchi taxtada ko`rsatilgan matematika savoliga to`g`ri javob topib, to`g`ri keladigan javob qatoridagi meva zaharlanmaganligini bilib oladi. Har bir to`g`ri tanlangan meva uchun o`ng sonlar bilan o`ynasa bir yulduzcha, teskari sonlar bilan o`ynalsa ikki yulduzcha sovg`a tariqasida beriladi. Bu yulduzchalarni zaharlanmagan mevani biladigan “emoji“dan so`rash yoki bilmasdan zaharlangan mevani eb qo`ygan taqdirda zahrini kesib tashlash mumkin.

Yosh dasturchi Damir matematikaga qiziqadi va shu tufayli yangi o`yinni yaratishga muvaffaq bo`lgan. U milliy softver sanoatining rivojiga hissa qo`shishni oldiga maqsad qilgan. Kelgusida mazkur o`yinni yanada takomillashtirib borish niyatida.

Ayni paytda “Emoji Math“ o`yinini Play Market dasturi orqali yuklab olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1