AsosiyJamiyat

Umra safariga velosipedda yo`lga chiqqan erkakning hujjatlari solingan sumkaci o`g`irlab ketilgan

'Umra safariga velosipedda yo`lga chiqqan erkakning hujjatlari solingan sumkaci o`g`irlab ketilgan'ning rasmi

Makkada umra safariga borgan o`zbekistonlik erkakning buyumlari va tegishli hujjatlari bo`lgan sumkalari o`g`irlab ketildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Bosh konsulxona ma`lumotiga ko`ra, G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o`rtog`i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko`rsatishni so`rab murojaat qilgan.

Erkak Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O`zbekistondan 30 mart kuni velosipedda yo`lga chiqqan. U O`zbekistondan Rossiyaga, u erdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so`ng A.R. Vladikavkaz—Istanbul —Jidda yo`nalishi bo`yicha Saudiya Arabistoniga etib kelgan.

Makkada bo`lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari solingan sumkalari o`g`irlab ketilgan.

Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o`zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R.ni topishga erishdi va unga O`zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi.

Faol vatandoshlar ko`magida Madina—Toshkent yo`nalishidagi aviaqatnovga chipta olib berildi va u 17 may kuni sog`-salomat oilasi bag`riga qaytdi.

    Boshqa yangiliklar