Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida shu yilning 20 may kunidan yangi ekspozisiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik ta`mirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi huzuridagi “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi ma`muriyati xabar qildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 20 may kunidan qisqa muddatga “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to`xtatildi.






