Mashxur Bollivud yulduzi Salmon Xonning singlisi Arpita Xon shu yilning 16 noyabr sanasida o`zining biznes bo`yicha do`sti Ayush Sharma bilan turmush qurmoqda. Bu haqda bollywood.tj nashri xabar beradi.
To`y marosimi Haydaroboddagi besh yulduzli mehmonxonada bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda. To`y Xonlar oilasi tomonidan ushyutirilganligi sababli ham unda barcha Bollivud yulduzlarining ishtirok etishlari kutilmoqda.
Keling ushbu to`yda e`tibor berilishi kerak bo`lgan jihatlarni birgalikda ko`rib chiqamiz:
- Arpita va Xonlar oilasining to`y kuni kiyadigan barcha liboslari dizaynerlar Manish Malxotra yoki Eshli Rebello yaratishi mumkin.
- Salmon Xon “inson qilgan mehnatlari evaziga rohat ko`rishi va shohona hayot kechirishi kerak” deb hisoblaydi. Shu sababli ham u kichik singlisi Arpitaning to`y marosimi xuddi ertaklardagidek o`tishiga harakat qilishini aytgan. Ushbu shoxona ko`rinish liboslarda, bezaklarda, taomlar, sovg`alar va boshqa barcha narsalarda o`z aksini topishiga shubhamiz yo`q.
- Salmon Xon singlisining to`yi “Yil to`yi” nominasiyasida eng oliy o`rinni olishini istaydi.
- Bundan tashqari mashxur aktyor va sevimli aka o`z singlisining to`yiga sovg`a sifatida bir necha o`n million AQSh dollari miqdorida baholanayotgan uy sovg`a qilmoqchi.
- Hindiston OAV Salmon Xonning to`yga Shoxrux Xon va Karan Joxarlarni taklif qilishi yoki qilmasligi bilan qiziqmoqda. Garchi ommaviy tadbirlarda ular yonma-yon turishsa-da, aslida ularning munosatlari havas qilarli emas.
Voqealar rivojini kuzatamiz...





