AsosiyDunyo

Xitoy temir yo`llari vazirligi mansabdori poraxo`rlik uchun o`lim jazosiga mahkum etildi

Pekin sudi mamlakat temir yo`llari vazirligi mansabdorini poraxo`rlik uchun ikki yildan so`ng ijro etish sharti bilan o`lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Temir yo`llari vazirligi bosh muhandisi o`rinbosari Chjan Shuguan sud tomonidan butun umrga siyosiy huquqlardan mahrum etilib, uning mol-mulkini musodara qilish haqida qaror chiqarildi.

Sud ishi hujjatlariga ko`ra, Chjan xizmat davrida 2000 yildan 2011 yilgacha bo`lgan yillarda 14 ta kompaniyadan taxminan 7,68 million dollar miqdorida pora olgan. Buning evaziga u kompaniyalarga vagonlar sotish bo`yicha shartnomalar tuzish hamda tenderlarda loyihalarni yutib olishga yordam bergan.

    Boshqa yangiliklar