AsosiySiyosat

O`zbekiston Britaniya bilan munosabatlarni rivojlantiradi

'O`zbekiston Britaniya bilan munosabatlarni rivojlantiradi 'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo`stlik ishlari bo`yicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Evropa bo`yicha departamenti direktori o`rinbosari Rupert Eynli bilan uchrashuv o`tkazildi.

Suhbat davomida O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qo`shma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar qiladi O`zbekiston TIV matbuot xizmati. Ta`kidlanishicha, Savdo va sanoat bo`yicha O`zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o`tkazishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investision aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.

    Boshqa yangiliklar