AsosiySport

Velosport bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahonda kuchli yigirmatalikdan o`rin oldi

'Velosport bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahonda kuchli yigirmatalikdan o`rin oldi'ning rasmi

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) velosport bo`yicha terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston ayollar terma jamoasi tarixda ilk marotaba 680 ochko bilan shosse yo`nalishi bo`yicha jahon reytingida 20-pog`onadan joy oldi. Bungacha O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahon reytingida kuchli yigirmatalikka kira olmagandi.

Bu ko`rsatkichda velosiped sporti bo`yicha ayollar milliy terma jamoasi a`zosi Olga Zabelinskayaning hissasi ulkan ekanligini qayd etish lozim. Joriy yilning 14 oktyabr kuni Fransiyada shosse bo`yicha “Chrono des Nations” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Zabelinskaya ham ishtirok etgan va 26,5 kilometr masofaga o`tkazilgan poygada (35 daqiqa 54 soniya, o`rtacha tezlik 45 km/soat) oltin medalni qo`lga kiritgan edi.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston velosiped sport federasiyasi raisi Tanzila Narbaeva hududlarda velosiped sporti bo`yicha havaskor ayollar klublarini tashkil etish, u erda Olga Zabelinskaya ishtirokida mahorat darslari o`tish rejalashtirilganligini qayd etgandi.

    Boshqa yangiliklar