«G`azab» (Fury) filmining Vashingtondagi premerasida aktyor Bred Pitt jurnalistlarga farzandlarining rafiqasi bilan to`yiga qanday munosabatda bo`lganini aytib berdi, deb yozadi Segodnya.ua.
Olti nafar farzandlari ota-onalarining o`z munosabatlarini qonuniylashtirganiga qanday qaragani haqidagi savolga javob berar ekan, «Bu ularga ma`qul keldi. Ular bundan xursand», — dedi aktyor.
Eslatib o`tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt 23 avgust kuni turmush qurdi. Tantanada kinoyulduzlarning farzandlari ham ishtirok etdi. Joli mehrob yoniga o`z o`g`illari Meddoks va Paks hamrohligida borgan, Zaxara va Viven gul yaproqlarini sochgan, Shaylo va Noks esa uzuklarni keltirgan.
To`y Fransiyadagi Chateau Miraval qo`rg`onida 20 nafar eng yaqin qarindoshlar va do`stlar davrasida bo`lib o`tgan.
«G`azab» filmi Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiladi. Unda bir guruh amerikalik askarlar mardonavor harbiy operasiya uyushtiradi.





