AsosiySport

Vladimir Putin AIBA Kongressi ishtirokchilariga tabrik yo`lladi

'Vladimir Putin AIBA Kongressi ishtirokchilariga tabrik yo`lladi'ning rasmi

Bugun Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA)ning Kongressi ish boshladi. Bu haqda Olamsport nashri xabar berdi.

AIBA Kongressi avvalida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ishtirokchilar va mehmonlarga yo`llagan tabrik xati o`qib eshittirildi. Bu vazifani Rossiya Olimpiya Qo`mitasi birinchi vise-prezidenti Igor Levitin bajardi.

“Qadrli, do`stlar! Sizlarni Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasining hisobot-saylov kongressining Moskvada o`tkazilayotgani munosabati bilan qutlayman. Bugungi kunda AIBAtashkiloti o`zida 200dan ortiq davlatni birlashtirgan. Tashkilot sport hamjamiyatida katta obro`ga ega hisoblanadi. O`tgan yillar davomida AIBA boks sport turining dunyo bo`ylab ommalashishi uchun katta hajmdagi islohotlarni olib bordi.

Ishonchim komil, Kongress davomida ba`zi yig`ilib qolgan masalalar atroflicha muhokama qilinadi va o`zining ijobiy echimini topadi. Bu borada sizlarga omad tilayman.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin”

O`z o`rnida hamyurtimiz AIBA prezidenti G`ofur Rahimov Vladimir Putinga o`z minnatdorchiligini bildirar ekan, Rossiya Federasiyasi Kongressni yuqori saviyada o`tkazishga yaqindan yordam berganligiga alohida urg`u qaratdi.

    Boshqa yangiliklar