AIBA har yili federasiyalar rivojiga, moliyaviy qiyinchiliklar girdobidagi federasiyalarga 1 million 200 ming shveysariya franki (1 million 200 ming AQSh dollari) ajratadi.
"Faoliyatimdagi alohida band sifatida shuni ko`rsataman: Moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgan, rivojlanayotgan federasiyalarga 1 million 200 ming shveysariya franki ajrataman. Har yili", - deb aytib o`tdi Rahimov Kongress davomida.
Shuningdek hamyurtimiz dopingga qarshi kurash haqida ham gapirdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
"Avvalgi rahbariyat bunga ko`p ham e`tibor qaratmagan. Biz o`tkaziladigan testlar uchun harajatlarni oshirdik. Shuningdek, oldingi rahbariyat tomonidan qoldirib ketilgan 40 ga yaqin antidopinga oid ishni ham yopdik", - dedi G`ofur Rahimov.






