Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks federasiyasi (AIBA)ning Kongressi bo`lib o`tayotganligi xabar qilingandi.
Bugun Kongress davomida prezidentlik saylovi ham o`tkazildi. Prezidentlik saylovida hamyurtimiz G`ofur Rahimov va Osiyo boks Konfederasiyasi rahbari, qozog`istonlik Serik Konakbaev ishtirok etdi.
Saylovda qatnashgan 134 mamlakat vakillaridan 86 nafari G`ofur Rahimovga o`z ovozini berdi va hamyurtimiz shu tariqa g`alaba qozondi. Endi Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.






